Sergelida 70 million dollarlik zamonaviy agrologistika va omborxona ishga tushiriladi.

19:09 16 Dekabr 2025 Siyosat
335 0

Sergeli, Yangihayot, Bektemirda yuqori texnologik sanoat va logistika sohalari “oʻsish nuqtasi” boʻladi.

Jumladan, kelasi yili Sergelida maydoni 120 ming kvadrat metr boʻlgan 70 million dollarlik zamonaviy agrologistika va omborxona ishga tushiriladi.

Yangihayotdagi “Yangi avlod” sanoat zonasida elektrotexnika, toʻqimachilik, avtomobilsozlik va oziq-ovqat sohasida 2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yerda Birlashgan Arab Amirliklarining “DP World” kompaniyasi zamonaviy logistika tizimini yoʻlga qoʻyadi.

Ushbu sanoat zonasi Yangihayot va Bektemirdagi 640 gektar hisobidan kengaytiriladi. Buning hisobiga umumiy qiymati 3 milliard dollarlik ekologiya talablariga mos va yuqori texnologik yangi loyihalarni boshlash topshirildi.

“Yangi avlod” sanoat zonasi boshqaruviga ilgʻor xorijiy kompaniyani jalb qilish zarurligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер