Senatorlar yoqilgʻi-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish choralarini takomillashtirishga qaratilgan qonunni muhokama qildi

11:59 31 Oktyabr 2025 Siyosat
236 0

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Oliy Majlis Senatining bugungi yalpi majlisida “Yoqilgʻi-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish choralari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Muhokama davomida senatorlar keyingi yillarda mamlakatimizda yoqilgʻi-energetika resurslari bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish hamda energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi ishlarni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Shuningdek, ushbu sohada taʼsirchan davlat nazoratini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligi qayd etilib, yoqilgʻi-energetika resurslari bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrish, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, gazdan yoqilgʻi yoki xomashyo sifatida foydalanishga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish lozimligi taʼkidlandi.

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Mazkur Qonun bilan Jinoyat kodeksida elektr, issiqlik energiyasidan, gaz va suv oʻtkazgichdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Bundan tashqari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga huquqni qoʻllash amaliyotidagi noaniqliklarni bartaraf etishga, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanishdagi huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga hamda bunday qoidabuzarliklar uchun jazo choralarining taʼsirchanligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Senatorlar oʻz chiqishlarida ushbu Qonun yoqilgʻi-energetika resurslari bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish hamda iqtisod qilingan energiya resurslarini sanoatning boshqa tarmoqlariga yoʻnaltirish, qolaversa ularni eksportini oshirib, import ulushini kamaytirishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер