Senatorlar 2019 yilgi Davlat byudjetini maʼqulladi
Foto: X.Paydoyev / Xalq soʻzi
Munisxon Karimova, “Xalq soʻzi Online”/Toshkent. Ayni paytda Senatning 17 yalpi majlisi ish olib bormoqda. Kun tartibiga qoʻyilgan birinchi masala “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari” toʻgʻrisida boʻldi.
Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov masala yuzasidan chiqish qildi.
Unda taʼkidlanishicha, 2019 yilgi Davlat byudjeti, byudjet va soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari Harakatlar strategiyasiga muvofiq qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.
Kelgusi yilda Davlat byudjeti daromadlari, davlat maqsadli jamgʻarmalarini hisobga olmagan holda, 102 trln. 627 mlrd soʻmni, xarajatlari esa 107,1 trln. soʻmni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari joriy yildan farqli ravishda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,1 foiz miqdorida defitsit bilan yakunlanishi belgilangan.
Davlat byudjeti joylarda tadbirkorlik va biznes yuritishda mavjud boʻlgan muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy sohalarga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarni manzilligini oshirish hisobga olingan holda tuzilganligi bilan muhimdir.
2019 yilgi Davlat byudjeti daromadlariga kelib tushishi rejalashtirilayotgan qoʻshimcha daromadlar jami daromadlarining 2018 yil Davlat byudjeti daromadlaridan 28,2 trln. soʻmga yoki qabul qilinayotgan byudjetga nisbatan 27,5 foizga ortiq boʻlishi rejalashtirilgan.
Kun tartibiga qoʻyilgan masala yuzasidan senatorlarning munosabatlari tinglandi va “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari” senatorlar tomonidan tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring