Senator Zarbdor tumani mahallalari aholisi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi Nusuratulla Pardayev Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Oqar va Navbahor mahallalari aholisi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida senator Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga batafsil toʻxtalib, mazkur dasturiy hujjatda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar aniq belgilab berilganini taʼkidladi.
Xususan, Prezident tomonidan belgilab berilgan beshinchi ustuvor yoʻnalish — ekologik muvozanatni taʼminlash, “yashil” energetikani rivojlantirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Senator ushbu yoʻnalishdagi vazifalarni amalga oshirishda har bir fuqaroning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida ekologik muvozanatni taʼminlash, “yashil” energetikani rivojlantirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha vazifalarni joylarda samarali amalga oshirishda aholining faol ishtirokini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring