Senator Toshkent shahrida jamoatchilik vakillari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazdi
Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Gulnora Marufova xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Toshkent shahrida jamoatchilik vakillari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi.
Tadbirlar doirasida senator joriy yilning 4–5-sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan Senatning oʻninchi yalpi majlisida muhokama qilingan qonunlar va parlament nazorati doirasidagi masalalar yuzasidan batafsil axborot berdi.
Xususan, “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”, “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”, “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlar, Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlarini jadallashtirish, kreditorlar talablarini qanoatlantirish tizimini takomillashtirish, transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish kabi yoʻnalishlardagi qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, shuningdek, Bosh prokurorning hisoboti va korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha milliy maʼruza mazmun-mohiyati haqida fikr yuritildi.
Shuningdek, senator Toshkent shahar Kengashi deputatlari hamda Olmazor tumani Kengashi deputatlari bilan birgalikda Olmazor tumanidagi “Gʻalaba”, “Nihol” va “Yuqori Beshqoʻrgʻon” mahallalarida “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazdi.
Mahalla faollariga Senat yalpi majlisida koʻtarilgan dolzarb masalalar yuzasidan maʼlumotlar berildi. Shuningdek, mahalla aholisi tomonidan turmush sharoitlarini yaxshilash, ichimlik suvi va kommunal xizmatlar bilan taʼminlash, ichki yoʻllarni taʼmirlash, koʻcha yoritgichlarini yangilash, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar bandligini taʼminlash kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring