Senator koʻmagida “Avesto” muzeyi eksponatlarining “maʼlumotlar bazasi” yaratildi

Oliy Majlis Senati aʼzosi Gavhar Durdiyevaga xorazmlik oʻlkashunos Komiljon Nurjanov tomonidan yigʻilgan 5000 ga yaqin noyob eksponatlar turli taʼsirlardan yemirilib borayotganligini bildirib, bu borada koʻmak berilishini soʻragan.
Taʼkidlash joizki, K.Nurjanov rahbarligida 50 dan ziyod tarix va oʻlkashunoslik mavzusida risola, broshyuralar eʼlon qilingan. “Avesto vorislari”, “Amudaryo”, “Mangʻitlar tarixi” kabi risolalar shular jumlasidan.
Maʼlumki, YUNESKO tomonidan “Avesto” kitobi yozilganligining 2700-yilligi keng nishonlangandi. Urganch shahrida 20 gektarlik bogʻ majmua bunyod etilib, yodgorlik monumenti oʻrnatilgan. Qolaversa, 2001-yilda “Avesto” bogʻ majmuasida “Avesto” muzeyi tashkil qilingan edi.
Noyob eksponatlar orasida eramizdan avvalgi ossuriylar, Xorazm yozuvidan namunalar, Alisher Navoiyning “Xamsa” asari dostonlari qoʻlyozmasi, 2-3 ming yillik arxeologik topilmalar, bezaklar, tangalar, rasm, portret va boshqa qimmatli hujjatlar mavjud. Ammo ularning ayrimlari atrof-muhitning salbiy taʼsiri va saqlanayotgan joyning nomutanosibligidan yemirilib yoʻqolib ketmoqda. Baʼzan ushbu eksponatlarni nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻirlash holatlari ham sodir boʻlmoqda.
Shu jihatdan senator G.Durdiyeva tashabbusi bilan maxsus grant loyihasi tayyorlandi. Xususan, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan Davlat granti 4-tanlovida qatnashish uchun - “Urganch shahridagi “Avesto” muzeyining eksponatlari boʻyicha innovatsion elektron maʼlumotlar bazasini tayyorlash” mavzusidagi grant loyihasi taqdim etildi.
Ushbu loyiha boʻyicha xalqaro “Oltin Meros” jamgʻarmasi Xorazm viloyati boʻlimi va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻrtasida shartnoma tuzildi va amaliy ishlar boshlandi.
Hozirda “Avesto” muzeyidagi atrof-muhitning salbiy taʼsiridan va saqlanayotgan joyning nomutanosibligidan yemirilib borayotgan noyob muzey eksponatlarni kelgusi avlodlarga oʻz holida yetkazish maqsadida talab darajasida taʼmirlandi. Qolaversa, 5000 ga yaqin turli topilma, hujjat va arxiv materiallari boʻyicha innovatsion tizim, yaʼni elektron tarzdagi “Maʼlumotlar bazasi” tayyorlandi.
Muxtasar qilib aytganda, koʻhna Xorazm tamadduniga doir boʻlgan muzeydagi koʻhna madaniyatga doir – innovatsion, elektron shaklda tayyorlangan “maʼlumotlar bazasi”dan nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijiy sayyohlar ham foydalanishi uchun imkon yaratiladi. Buning natijasida hududga tashrif buyuruvchi sayyohlarning soni oshadi, xalqaro va ichki turizm rivojlanadi, desak mubolagʻa emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring