Senator Xorazm viloyati mahallalarida aholi muammolarini oʻrgandi
Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sayyora Abdikarimova Xorazm viloyatida boʻldi.
Tashrif doirasida Urganch tumanidagi “Sholikorlar, “Oq ariqlar”, “Chakka koʻli” va “Shermatlar” mahallalarida aholi vakillari, mahalla faollari, “mahalla yettiligi” tarkibi hamda mahalliy Kengash deputatlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Muloqotlarda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, bandligini taʼminlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, shuningdek, mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishda tizimli hamkorlikni kuchaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuvlar davomida aholi tomonidan ichki yoʻllarni taʼmirlash, piyodalar yoʻlaklari va avtoyoʻllar masalasi, oilaviy shifokorlik punktlarini tashkil etish, uy-joy subsidiyalari ajratish, avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish hamda koʻpriklarni taʼmirlash kabi dolzarb masalalar koʻtarildi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan masʼul rahbarlarga tegishli koʻrsatmalar berildi va ularning bajarilishi nazoratga olindi.
Shuningdek, senator tomonidan fuqarolar qabuli ham oʻtkazildi. Xususan, “Shermatlar” mahallasida yashovchi fuqaroning “Sholikorlar”, “Uch koʻprik” va “Oq ariqlar” mahallalari aholisi uchun oilaviy shifokorlik punktlarini tashkil etish yuzasidagi murojaati joyiga chiqilgan holda oʻrganildi va tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati zimmasiga ushbu masalani hal etish vazifasi yuklatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring