Senator “InnoWeek–2025” xalqaro haftaligida ishtirok etdi

Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Bahrom Abdullayev “Chegarasiz gʻoyalar” shiori ostida boshlangan “InnoWeek–2025” – VIII Innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligida ishtirok etdi.
Tadbirda Hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy mamlakatlar diplomatik vakolatxonalari vakillari, yirik ilmiy markazlar olimlari, texnologiya sohasi ekspertlari, startap ekotizimi ishtirokchilari, yosh innovator va ixtirochilar, yirik mahalliy va xalqaro kompaniyalar, oliy taʼlim sohasi va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Senator Urganch davlat universitetining innovatsion ishlanmalari bilan yaqindan tanishdi. Xususan, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashish boʻyicha yaratilgan platforma, yangi avlod materiallari va ekologik yechimlar katta qiziqish uygʻotdi.
Shuningdek, mazkur ishlanmalar ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi. Ushbu ishlanmalarning amaliyotga tatbiq etilishi nafaqat hudud, balki respublika miqyosida ham muhim ahamiyat ega ekanligi taʼkidlandi.
Tadbir doirasida yosh olim va tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, innovatsion salohiyatni rivojlantirish takliflari eshitildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring