Senatning qirq yettinchi yalpi majlisini chaqirish yuzasidan qaror qabul qilindi

17:36 23 Noyabr 2023 Siyosat
334 0

Joriy yilning 23-noyabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Unda Senatning qirq yettinchi yalpi majlisini 2023 yil 24 noyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qayd etilganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun, “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”, “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” hamda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, navbatdagi yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” qonunlarni ham ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Kengash majlisida O‘zbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi o‘rtasida bir qator masalalarni o‘zida aks etgan shartnomalarni ratifikatsiya qilish haqidagi va “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2022 yil 22 dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritish va Senat Kengashi qarorlarini tasdiqlash masalalari ham yalpi majlis kun tartibidan o‘rin olgani aytib o‘tildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?