Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Qonunga tuzatishlar kiritish maʼqullandi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni senatorlar tomonidan maʼqullanib, 2021-yil dekabr oyida Prezidentimiz tomonidan imzolangan edi.
Hech shubhasiz, qabul qilingan Konstitutsiyaviy Qonun mamlakatimizda favqulodda holat sodir boʻlganda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishda dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.
“Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan 5 ta qonun va 1 ta Kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga qoʻshimcha kiritilib, favqulodda holatning amal qilishi davrida favqulodda holat joriy etilgan hududda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining amaldagi qonunosti hujjatlarini toʻxtatib turishning huquqiy asosi yaratilmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatni joriy etish toʻgʻrisidagi farmoniga asosan favqulodda holatning amal qilishi davrida favqulodda holat joriy etilgan hududda mahalliy davlat hokimiyati organlarining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlarini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turishni nazarda tutuvchi normalar bilan toʻldirilmoqda.
Senatorlar tomonidan maʼqullangan Qonunning yana bir eʼtiborli jihati favqulodda holat joriy qilinganda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida favqulodda holat amal qilish davrida saylovlar oʻtkazilishi cheklanmoqda.
Ushbu cheklovlar bilan bogʻliq normalar Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring