Senatda Vatanimiz fidoiylarining farzandlari ishtirokida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

13:21 01 Iyun 2025 Jamiyat
448 0

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva oʻz xizmat vazifasini ado etish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning farzandlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Uchrashuvda senatorlar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, “SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tarbiyalanuvchilari, Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etdi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Mamlakatimizda bola huquqlari kafolatlarini taʼminlash, bolalarni himoya qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Milliy qonunchiligimizda bola huquqlari bilan bogʻliq boʻlgan qonun hujjatlari soni 40 dan, qonunosti hujjatlari soni 500 dan ortiqdir.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Jumladan, “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilingan.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Sohada olib borilgan islohotlar natijasida 23 ta Mehribonlik muassasasi va bolalar uyi faoliyati tugatildi. Mazkur yoʻnalishda bolaning oila muhitida tarbiyalanishini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy himoya tizimi yoʻlga qoʻyilgani alohida qayd etildi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Tadbirda Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligining oʻz xizmat burchini ado etish chogʻida hayotini bagʻishlagan harbiylarining farzandlari bilan samimiy muloqot oʻtkazildi. Har bir bola davlat himoyasida, uning taʼlim olishi, sogʻligʻi, hayoti sifati hamisha eʼtiborda ekani taʼkidlandi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Bu orqali davlatimizning eng muqaddas qadriyatlaridan biri — Vatanga sadoqat yoʻlida jonini fido qilganlarning xotirasini eʼzozlash va ularning avlodlariga mehr koʻrsatish anʼanasi yana bir bor oʻz isbotini topdi. Tadbir davomida Oliy Majlis Senati Raisi bolalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning fikrlari va orzu-istaklarini tingladi, kelgusi rejalari bilan tanishdi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Mamlakatimizda xizmat vazifasini ado etish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalarini qoʻllab-quvvatlash va ularni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Mudofaa vazirligi tomonidan 2024-yilda 64 nafar, 2025-yilda esa 47 nafar harbiy xizmatchining farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomalar berildi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Shuningdek, halok boʻlgan harbiylarning oila aʼzolari va farzandlari harbiy shifoxonalarda muntazam tibbiy koʻriklardan oʻtkazilmoqda, zarur hollarda davolanishlari taʼminlanmoqda. Davlat bayramlari arafasida esa ularga sovgʻalar topshirilib, madaniy-maʼrifiy tadbirlar va konsert dasturlarida ishtirok etishlari uchun sharoit yaratilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Bundan tashqari, halok boʻlgan harbiylarning 15 nafar oila aʼzosi uchun sanatoriylarda bepul dam olish tashkil etilgan. Yozgi davrda esa halok boʻlgan harbiylarning 37 nafar farzandi sogʻlomlashtirish oromgohlarida bepul hordiq chiqarish imkoniyatiga ega boʻldi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Uchrashuvda Senat Raisi bolalarga murojaat qilib, “Sizlar – yurtimizning ertangi kuni, kelajagimizning egalarisiz. Bilim olishdan toʻxtamang, yangiliklarni oʻrganing, oʻz ustingizda ishlang. Orzu qilishdan qoʻrqmang va unga erishish yoʻlida olgʻa intiling, shunda albatta maqsadingizga yetasiz” deya taʼkidlab oʻtdi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Ushbu ochiq muloqot yana bir bor Davlat rahbari tomonidan bolalarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikning, ayniqsa, ijtimoiy himoya tizimida yaratilayotgan imkoniyatlar, keng koʻlamli loyihalar va tizimli dasturlar joriy etilayotganining yorqin namunasi boʻldi. Bu esa yurtimizda vatanparvarlik, fidoyilik va sadoqat kabi muqaddas qadriyatlar avloddan-avlodga oʻtishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Tadbir yakunida bolajonlarimiz bayram dasturxoniga taklif etildi hamda ularga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер