Senatda Oʻzbekistonning Rossiya, Belarus va Ozarbayjondagi elchilarining hisobotlari eshitildi

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda senatorlar, mutasaddi vazirlik va idoralar hamda viloyatlar hokimliklari rahbarlari, shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari raislari, Oʻzbekiston eksportyorlar uyushmasi vakillari, Yoshlar parlamenti aʼzolari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Senatorlar tomonidan Oʻzbekistonning Rossiya, Belarus va Ozarbayjondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, milliy mahsulot eksportini oshirish, xorijiy turistlarning mamlakatimizga oqimini koʻpaytirish, oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida qabul qilingan “yoʻl xaritalari”ni ijro etish kabi masalalar yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Majlisda Prezident tomonidan mamlakatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, milliy mahsulotlarimizning jahon bozoridagi ulushini oshirish va Oʻzbekistonning xalqaro imijini mustahkamlash tashqi siyosatning asosiy maqsadi qilib belgilab berilganiga eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekistonning Rossiya, Belarus va Ozarbayjondagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan tegishli “yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini koʻpaytirish, toʻqimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralarni ishga solish boʻyicha elchixonalarga eksportchi korxonalarga xorijda bozor topish, milliy mahsulotlarga sertifikat va ruxsatnomalar olib berish, xorijda savdo uylari va omborlar tashkil etish, xorijiy brendlarni olib kelish va korxonalarimizga sertifikatlar olib berish vazifalarining bajarilishi zarurligi taʼkidlandi.
Mazkur elchixonalarning faoliyati samaradorligini oshirishda hamda mavjud muammolarni bartaraf etishda ularning mutasaddi vazirlik va idoralar, hokimliklar hamda mahalliy Kengashlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish lozimligi alohida qayd etildi.
Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarda vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga sifatli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, savdo uylari va mahalliy kompaniyalar bilan aloqalarni faollashtirish, shuningdek, mamlakatimiz tadbirkorlari va ishbilarmonlariga yaqindan yordam berish hamda davlatning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy manfaatlarini ilgari surish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.
Majlis yakunlari boʻyicha Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring