Senatda Oʻzbekiston va Vyetnam parlamentlararo hamkorlik guruhlarining onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Milliy majlisi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik boʻyicha guruhlarning onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlash, oʻzaro hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilash hamda parlamentlararo muloqotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston va Vyetnam oʻrtasidagi munosabatlar qadimiy tarixiy ildizlarga ega. Bugungi kunda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli barcha sohalarda hamkorlik tobora izchil rivojlanib bormoqda. Soʻnggi yillarda oʻtkazilgan oliy darajadagi uchrashuv va tashriflar oʻzaro ishonchni mustahkamlab, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqani qayd etildi.
Shu bilan birga, madaniy-gumanitar sohada oʻzaro hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi. Xususan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Vyetnam tili va madaniyati markazi faoliyat yuritishi, shuningdek, ikki davlat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilgani, bu esa xalqlar oʻrtasida yaqin munosabatlarni mustahkamlayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyishga, ularning har yili kamida bir marta qoʻshma yigʻilishini oʻtkazishga hamda navbatdagi qoʻshma yigʻilishini Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring