Senatda “Konstitutsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

16:44 03 Dekabr 2025 Siyosat
274 0

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida “Konstitutsiya oyligi” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari, mahalliy Kengash deputatlari, mahalla raislari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Tadbir doirasida Senatning konstitutsiyaviy vakolatlari, qonun ijodkorligi jarayoni, qonunlarni koʻrib chiqish va maʼqullash tartibi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Ishtirokchilar Senat binosidagi yalpi majlislar zali, qoʻmita majlislari xonalari, kutubxona, muzey, Media-markaz faoliyati va ish jarayoni bilan tanishdilar.

Shuningdek, senatorlar Konstitutsiyaning yangi tahririda belgilangan asosiy tamoyillari, milliy qonunchilikni takomillashtirish yoʻnalishlari, parlament faoliyatining huquqiy asoslari boʻyicha maʼruzalar taqdim etishdi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Muloqot jarayonida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga senator va mutaxassislardan javob oldilar.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

“Ochiq eshiklar kuni” huquqshunoslar, yoshlar va jamoatchilik uchun Senat faoliyatini oʻrganish, davlat boshqaruvi va qonun ijodkorligi jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?