Senatda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 17-yanvar kuni Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Uni Oliy Majlis Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 19-iyundagi Farmoni bilan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimi takomillashtirilib, sohada parlament nazorati kuchaytirilgani aytib oʻtildi.
Farmon bilan mazkur sohada bir qator yangi mexanizmlar amaliyotga joriy etilgani, xususan, mutasaddi vazirlik va idoralar tegishli xalqaro reyting hamda indekslarga biriktirilgani, har yili Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani muhokama qilish tartibi joriy etilgani alohida qayd etildi.
Shundan soʻng yigʻilishda 2024-yil davomida Oʻzbekiston uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reytinglardagi koʻrsatkichlarga eʼtibor qaratildi.
Binobarin, respublikamiz uchun ustuvor boʻlgan 9 ta xalqaro reytingda Oʻzbekistonning oʻrni yaxshilangani, shu jumladan, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida Oʻzbekiston 2024-yilda avvalgi hisobot davriga nisbatan 6 pogʻonaga koʻtarilib, 193 ta davlat orasida 63-oʻrinni egallagani aytib oʻtildi.
Mamlakatimiz elektron hukumat sohasida rivojlanish boʻyicha “yuqori” guruhdan “juda yuqori” guruhga koʻtarilgan 17 ta davlat qatoridan joy oldi.
Jahon bankining 2023-yil uchun eʼlon qilingan Statistika faoliyati samaradorligi indeksida respublikamiz oʻz koʻrsatkichlarini 17 pogʻonaga yaxshilab, 217 ta davlat orasida 62-oʻringa koʻtarildi.
Umuman olganda, soʻnggi 7-yilda mazkur Indeksda Oʻzbekiston oʻz pozitsiyasini 89 pogʻonaga yaxshiladi.
Yigʻilish davomida Oʻzbekistonning xalqaro reytingdagi oʻrni yaxshilanishi borasida yana bir qator maʼlumotlar aniq raqamlar misolida aytib oʻtildi.
Xususan, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida mamlakatimiz 48 pogʻonaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 91-oʻrinni egalladi.
Hisobotda Oʻzbekiston ayollar huquqlari va gender tenglik sohasida eng katta natijalarga erishgan muhim islohotlarni amalga oshirgan 5 ta mamlakatdan biri sifatida qayd etildi.
Shuningdek, yigʻilishda ijobiy natijalar bilan birga ayrim indekslardagi pasayishlar muhokama qilindi hamda tegishliligi boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar vakillarining fikrlari eshitildi.
Oʻz navbatida, mamlakat imijiga salbiy taʼsir etuvchi bu kabi holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, kerakli chora-tadbirlarni koʻrish zarur ekanligi aytib oʻtildi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruza loyihasi haqida soʻz bordi.
Shu bilan birga, yigʻilishda ustuvor xalqaro reyting va indekslarga ilmiy-tadqiqot muassasalari ham biriktirilib, 2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar dasturlari loyihalari muhokama qilindi.
Yigʻilish yakunida Respublika kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring