Senatda Germaniya delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi
Joriy yil 20-oktyabr kuni Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Anvar Toʻychiyev Bundestagning qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va vatan boʻyicha qoʻmitasi raisi Xermann Ferber boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot chogʻida parlamentlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitish, doʻstlik guruhlari ishini faollashtirish va keng koʻlamdagi qoʻshma tadbirlarni tashkil etish hamda qonun ijodkorligi sohasida oʻzaro tajriba almashish masalalari boʻyicha soʻz yuritildi.
Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlik strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgani taʼkidlandi. Mamlakatlar rahbarlarining siyosiy irodasi davlatlararo munosabatlarning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
Ikki mamlakatning barcha yoʻnalishlardagi hamkorligi, xususan qishloq va suv xoʻjaligi sohalaridagi iqtisodiy va investitsiya loyihalarini kengaytirish hamda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Oʻz navbatida, Xermann Ferber Oʻzbekiston agrar sohada qisqa vaqt ichida erishgan natijalarni yuqori baholab, Germaniya kompaniyalari tomorqa xoʻjaliklarini mexanizatsiyalash, urugʻchilik va veterinariya tizimini takomillashtirish, shuningdek, qishloq aholisi bandligini taʼminlash boʻyicha hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring