Senatda ekologik vaziyatni yaxshilashga doir Qonun koʻrib chiqildi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning qirq toʻqqizinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Maʼlumki, keyingi yillarda mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda sanitariya holatini va ekologik vaziyatni yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Biroq qurilish, ishlab chiqarish va urbanizatsiya koʻlamlarining kengayishi atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining ortishiga sabab boʻlmoqda.
Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish uchun qonunlarda atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatuvchi obyektlarning faoliyatini maxsus vakolatli davlat organlarining qaroriga koʻra cheklash yoki toʻxtatib turish mumkinligi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga qonunchilikda tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash yoki toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan noaniq taʼriflarning mavjudligi davlat organlarining diskretsion vakolatlari kengligi bilan bogʻliq korrupsiya holatlari paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Mazkur hujjat bilan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorlarni, birinchi navbatda, aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf yuzaga kelishining oldini olish zaruratini hisobga olgan holda qabul qilish asoslarini aniqlashtiruvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar fikricha, ushbu Qonun ekologik vaziyatni yaxshilashga, aholining hayotiga va sogʻligʻiga xavf yuzaga kelishining oldini olishga, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishga, shuningdek, korrupsiya omillarini bartaraf etishga hamda vakolatli davlat organlarining masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.



Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring