Senatda BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Orzigul Kozixonova BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining (UNFPA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida 2026–2030-yillarga moʻljallangan mamlakat dasturini amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi. Dastur gender tenglik va reproduktiv salomatlikni taʼminlash, demografik masalalar boʻyicha Oʻzbekiston siyosati va amaldagi qonun hujjatlarini qoʻllab-quvvatlashni, parlament va tegishli davlat tuzilmalari bilan hamkorlikni nazarda tutadi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar samarali hamkorlikka hamda avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yoʻlida birgalikda harakat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring