Senat tomonidan umumtaʼlim maktablaridagi sharoitlar oʻrganilmoqda
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan parlament nazorati doirasida Toshkent viloyatidagi umumtaʼlim maktablarida yaratilgan sharoitlar va taʼlim sifatini oshirish borasidagi ishlar oʻrganilmoqda.
Jumladan, senator Gulnora Marufova rahbarligidagi ishchi guruh Olmaliq, Yangiyoʻl shaharlari hamda Piskent va Yangiyoʻl tumanlaridagi bir qator maktablar faoliyati bilan tanishdi.
Oʻrganishlar davomida sinflarda oʻquvchilar sonining meʼyorga muvofiqligi, inklyuziv taʼlim qamrovi, pedagog kadrlar salohiyati va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, darsliklar bilan taʼminlanish, qoʻshimcha taʼlim imkoniyatlari, olimpiadalarda ishtirok etish koʻrsatkichlari, oliy oʻquv yurtlariga kirish natijalari ham tahlil etildi.
Bundan tashqari, maktab binolarining moddiy-texnika bazasi, sport va oshxona infratuzilmasi, isitish-yoritish tizimi, tibbiy xizmat koʻrsatish hamda byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish masalalari oʻrganildi.
Oʻrganish natijasida qator ijobiy koʻrsatkichlar qayd etildi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring