Senat Raisi Fargʻona viloyatida jamoatchilik vakillari bilan muloqotlar oʻtkazdi

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Fargʻona viloyatiga tashrifi doirasida viloyat jamoatchiligi, xotin-qizlar faollari bilan uchrashib, aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan loyiha taqdimoti bilan tanishdi.
Xususan, viloyatdagi xotin-qizlar faollari bilan muloqot chogʻida ularni qoʻllab-quvvatlash, jamiyat hayotida faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida soʻz bordi.
Ayni paytda Fargʻonada ayollarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi oʻrnini yanada mustahkamlash yuzasidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida boshqaruvdagi rahbar xotin-qizlar 18,2 foizni, qishloq xoʻjaligi va qurilish sohasida 9,8 foizni, sanoat, savdo, tashish va saqlash, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohalarida 18,5 foizni, taʼlim sohasida 54 foizni tashkil qilmoqda.
Ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan suhbat davomida Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvidagi oʻrnini kuchaytirish, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, bandligini taʼminlash, daromadlarini koʻpaytirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish, oila asoslarini yanada mustahkamlash, mutasaddi tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning muammolari oʻz vaqtida bartaraf etilishi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish, erta turmush qurish holatlarining oldini olish boʻyicha qator takliflar ham ilgari surildi.
Senat Raisi, shuningdek, Bagʻdod tumani Muqumiy MFY hududida joylashgan 17-sonli maktabda yoʻlga qoʻyilgan “Mening hunarim — Mening faxrim” loyihasi taqdimotida ishtirok etdi.
Bu yerda xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashining Xotin-qizlar va gender tenglikni taʼminlash doimiy komissiyasi, viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik oʻquv markazi, Bagʻdod tumani hokimligi hamkorligida ayollarga zamonaviy hamda talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarni oʻrgatish maqsadida bir necha yoʻnalish boʻyicha oʻquv markazlari tashkil qilingan.
Xotin-qizlarni bu yerda kashtachilik, dasturchilik, tikuvchilik va pazandachilik kabi kasblarga oʻqitiladi va shu tariqa ularning bandligini taʼminlashda va daromadini koʻpaytirishda koʻmak beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring