Senat Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Belarus Respublikasiga tashrif buyurdi
Bugun, 2-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Belarus Respublikasi Vitebsk shahriga rasmiy tashrif bilan keldi.
Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova bilan uchrashuvi oʻtkaziladi.
Shuningdek, tashrif davomida qator muhim tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha komissiyaning ilk majlisi va “Oʻzbekiston – Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida” mavzusida Oʻzbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forum yalpi majlisi boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida yettita seksiya tashkil etiladi, ularda forum ishtirokchilari sanoat va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hamkorlikdan tortib mahalliy vakillik organlari va yoshlar hamkorligigacha boʻlgan keng koʻlamli masalalarni muhokama qiladilar.
Tashrif doirasida yana bir muhim tadbir – Vitebsk shahrida tashkil etiladigan “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasidir. Unda oziq-ovqat, farmatsevtika, yengil sanoat, turizm, hunarmandchilik va elektron texnika kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan 70 dan ziyod tadbirkor ayollar oʻz mahsulot va xizmatlarini namoyish etadilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring