Senat Raisi BMT Bosh kotibining birinchi oʻrinbosarini qabul qildi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Joriy yilning 8-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi birinchi oʻrinbosari Amina Muhammad bilan uchrashdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, parlamentlararo hamkorlik, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada faollashtirish hamda yana bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot avvalida Senat Raisi mehmonni samimiy qutlab, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, yaxshi qoʻshnichilik aloqalari, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash doirasida yaratilayotgan shart-sharoitlar, inson huquqlarini himoya qilish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, qonunchilikni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar va natijalar bilan yaqindan tanishtirdi.
Shu bilan birga, muloqot jarayonida 2021-yilning 23-24-iyun kunlari Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bagʻishlangan xalqaro forum oʻtkazilganiga ham toʻxtalib oʻtildi.
Oʻz navbatida, Amina Muhammad ham soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarga toʻxtalib, ushbu holatlar xalqaro doirada keng eʼtirof etilayotganini aytib oʻtdi. Ayniqsa, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi sifatida faol ish olib borayotganini alohida qayd etib oʻtdi.
Shundan soʻng tomonlar amalga oshirilgan ishlar bilan birga, kelgusidagi rejalarni ham muhokama qildilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring