Senat qoʻmitasi tashabbusi bilan yosh olimlar va innovatorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan Oliy attestatsiya komissiyasida yosh olimlar va innovatorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda senatorlar, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi rahbarlari, Yoshlar parlamenti aʼzolari, ilmiy izlanuvchi yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada kuzatilayotgan tizimli muammolar va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonini raqamlashtirish boʻyicha istiqbollar muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan yoshlarga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida attestatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, arizalarni onlayn qabul qilish va baholash mexanizmlarini soddalashtirish boʻyicha yangi imkoniyatlar joriy etilmoqda.
Shuningdek, Yoshlar parlamenti aʼzolari yosh ilmiy-pedagog kadrlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va qonunchilikka tegishli oʻzgartishlar kiritish yuzasidan oʻz takliflarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida taklif va mulohazalar asosida yoshlarni ilm-fanga jalb etish, ilmiy izlanuvchilar sonini oshirish hamda sohaga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga qaratilgan Qoʻmita tavsiyalari ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring