Senat 2025-yil uchun Davlat byudjetini maʼqulladi. Kelayotgan yilda byudjet xarajatlari uning daromadlaridan 51,5 trillionga ortib ketadi
Senatning ikkinchi yalpi majlisida 2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan maʼqullandi. Ushbu qonun kambagʻallikni qisqartirish, ijtimoiy sohalar xizmatlarini yaxshilash va “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga qaratilgan. Byudjetda inflyatsiya darajasi 7 foiz atrofida saqlanishi prognoz qilinmoqda.
Qonunga koʻra, 2025-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 431 trln soʻmni, xarajatlari esa 480,5 trln soʻmni tashkil etadi. Davlat byudjeti daromadlari 308,5 trln soʻm, xarajatlari esa 344,8 trln soʻm deb belgilangan. Ijtimoiy sohalarga byudjet xarajatlarining 52 foizi yoki 177,7 trln soʻm yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.
Sogʻliqni saqlash sohasiga 41,3 trln soʻm ajratiladi, bu 2024-yilga nisbatan 19,8 foizga koʻpdir. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari uchun esa 3,6 trln soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, hududlarda ijtimoiy muammolarni hal qilish, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish uchun maxsus mablagʻlar ajratiladi.
Senatorlar qonun muhokamasi davomida byudjet daromadlarini oshirish va mablagʻlardan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratdi. Davlatning taʼlim, sogʻliqni saqlash, kambagʻallikni qisqartirish va ekologiya sohalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlari senatorlar tomonidan yuqori baholandi.
Qonunda belgilangan vazifalar nafaqat iqtisodiy barqarorlik, balki aholining turmush farovonligini oshirishga ham xizmat qilishi taʼkidlandi. Mazkur qonun senatorlarning bir ovozdan qoʻllab-quvvatlashi bilan qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring