Sel qulatgan koʻprik qayta tiklanadi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Kecha Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida yoqqan kuchli yomgʻir natijasida Andijon viloyatidagi Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlarini oʻzaro bogʻlab turuvchi “Oq boʻyra soy” koʻprigi qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Bugun ushbu koʻprik oʻrnida aholi foydalanishi mumkin boʻlgan vaqtinchalik yangi koʻprik qurilishi boshlab yuborildi.
— Koʻprikdan fuqarolar vaqtincha harakatlanib turadi, — deydi viloyat avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi boshligʻi Mirzohid Nurmatov. — 40 ta texnik vositasi yordamida 30 nafar ishchilar faoliyati tashkil etilgan. Vaqtinchalik koʻprik shu bugunning oʻzida qurib, foydalanishga topshiriladi. Qulagan koʻprik oʻrniga yangisini qurish ishlari ham olib borilmoqda.
Aytish joiz, “Oq boʻyra soy” sel toshqinini bartaraf etish uchun moʻljallangan boʻlib, unda vaqti bilan 5-6 m3 hajmdagi suv oqini kuzatiladi. Kechagi sel kelishi oqibatida bu koʻrsatkich 150-180 m3ni tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring