Saul Alvares oʻzbek bokschisiga “tosh otdi” (mi?)

Ikkinchi oʻrta vazn toifasida WBC, WBA va WBO chempioni Saul Alvares amerikalik WBA chempioni Terens Kroufordni tanqid qildi. Alvaresning soʻzlariga koʻra, Kroufordning faoliyatida faqatgina bitta yirik gʻalaba bor va u asosan kuchsiz raqiblar bilan ringga chiqqan. “Men Terens Kroufordni hurmat qilaman. Ammo u bor-yoʻgʻi bitta katta jangda gʻolib boʻlgan. Spensdan tashqari yana kimdir bor deb oʻylamayman”, — dedi Alvares.
Gap shundaki, Alvaresning tanqidi ortidan xalqaro boks ishqibozlari Isroil Madrimov nomini tilga olib, Terensni Spensdan koʻra oʻzbek bokschisi qiyin ahvolga solib qoʻyganini aytishmoqda. Qayd etish kerakki, Krouford 2023-yil iyul oyida Errol Spensni 9-raundda texnik nokaut bilan magʻlub etgan boʻlsa-da, Madrimovga qarshi jangda u jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgandi. Ushbu jang 12 raund davom etgan boʻlib, hisob Krouford foydasiga hal qilingan. Shunga qaramay, koʻplab mutaxassislar Madrimovning ishonchli harakatlari va yuqori darajadagi hunarini alohida qayd etishgan.
Saul Alvaresning tanqidlariga Terens Krouford javob qaytarib, oʻz raqiblarini “himoya” qildi. “Qanday bedodlik. Mening barcha raqiblarim yomon bokschilarmi? Men ularni ringda kuchsiz koʻrinishga majbur qilaman”, — deb yozdi Krouford.
Mutaxassislar Kroufordning Madrimovga qarshi ishonchsiz harakatlarini turlicha izohlashdi. Sobiq jahon chempioni Pol Malinyaji fikriga koʻra, Madrimovning tajribasi Krouford uchun katta qiyinchilik tugʻdirgan. Mayk Tayson esa Madrimovni “juda noqulay va kuchli raqib” deb taʼriflab, uning harakatlarini yuqori baholagan. Taysonga koʻra, Krouford Madrimovning noanʼanaviy uslubiga oʻrganmagan.
Saul Alvares va Terens Krouford oʻrtasidagi jang haqida turli nashrlar xabar tarqatmoqda. Aytilishicha, tomonlar jang boʻyicha kelishuvga erishgan va u shu yilning sentyabr oyida oʻtkazilishi mumkin. Agar ushbu jang amalga oshsa, bu bokschilar uchun yanada katta sinov boʻladi.
Saul Alvaresning Kroufordga nisbatan tanqid qilish fonida Isroilni unutib qoʻygan yoki uning oʻlchovi boshqa mezonlarga borib taqaladi.
Krouford va Alvares oʻrtasidagi ehtimoliy jang, shubhasiz, keng jamoatchilik orasida katta qiziqish uygʻotyapti.
“Kanelo” laqabini olgan meksikalik Saul Alvares professional boksda 63 ta jang oʻtkazgan boʻlib, 59 gʻalaba (39 tasini nokaut bilan) hamda 2 tadan durang va magʻlubiyat qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring