Saudiyaliklarning oʻzbek milliy taomlariga boʻlgan ehtiyoji ortib bormoqda
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 16-noyabr kuni mamlakatimizning Jidda shahridagi Bosh konsulligida Saudiya Arabistonida istiqomat qiladigan taniqli ishbilarmon, oʻzbek diasporasi vakili Said Muhammad Abdulqodir bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ular berayotgan salmoqli natijalar, respublikamiz hukumati tomonidan xorijda yashayotgan vatandoshlar uchun qaratilayotgan eʼtibor, jumladan, biznes qulayliklari, yurtimizdagi sarmoyaviy va sayyohlik muhitining jozibadorligi hamda hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlar haqida atroflicha fikr yuritildi.
Said Muhammad Abdulqodir restoran biznesi bilan shugʻullanayotganini maʼlum qilar ekan, oʻz tamaddixonasida oʻzbek milliy taomlari xilma-xilligini yanada koʻpaytirish istagida ekanligini aytdi. Uning fikr bildirishicha, hozirgi paytda saudiyaliklar hamda Markaziy Osiyodan kelayotgan koʻp sonli ziyoratchilarning oʻzbek milliy taomlariga boʻlgan ehtiyoji ortib bormoqda. Shu bois u Jidda va Makka shaharlarida faoliyat yuritayotgan “Salom“ restoranining boʻlimlarini Ar-Riyoz va Madina shaharlarida ham ochish yuzasidan ish olib borilayotganini aytar ekan, shu maqsadda Oʻzbekistondan oʻn nafar tajribali va mohir oshpaz, nonvoy va ofitsiantlarni bir yil muddatga kelishuv asosida ishga taklif etishini maʼlum qildi.
Uchrashuv soʻnggida Said Muhammad Abdulqodir mamlakatimiz bilan amaliy hamkorlik bundan keyin ham rivojlanib borishiga umid bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring