Saudiyada Umra ziyoratchilarini olib ketayotgan avtobus yonib ketdi
Videodan kadr
Saudiya Arabistonida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida umraga 42 nafar hindistonlik Umra ziyoratchisi halok boʻldi. Bu haqda “The Indianexpress” nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, hodisa dushanba kuni tong saharda, soat taxminan 01:30 da roʻy bergan. Makkadan Madinaga yoʻl olgan avtobus dizel tashuvchi yuk mashinasi bilan toʻqnashib, yonib ketgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar orasida 20 nafar ayol va 11 bola bor.
Hindiston parlamenti aʼzosi Asaduddin Ovaysi fojiadan chuqur qaygʻu bildirib, vaziyat yuzasidan Saudiyadagi Hindiston elchixonasi bilan bogʻlanganini qayd etgan. Uning aytishicha, elchixona barcha zarur maʼlumotlarni toʻplamoqda.

Ovaysi, shuningdek, Haydaraboddagi ikki sayohat agentligi bilan ham bogʻlanib, ziyoratchilarga oid maʼlumotlarni Ar-Riyoddagi elchixonaga va Hindiston tashqi ishlar vazirligiga taqdim etgan. U fojiada halok boʻlganlarning jasadlarini tez fursatda Hindistonga qaytarish va jarohat olganlariga toʻgʻri tibbiy yordam koʻrsatilishini soʻragan.
Maʼlumotlarga koʻra, avtobus butunlay yonib ketgani bois qurbonlarning shaxsini aniqlash ishlari qiyin kechmoqda.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi voqea yuzasidan chuqur hamdardlik bildirdi.
“Madina yaqinida hindistonlik ziyoratchilar ishtirokida yuz bergan dahshatli avariya meni chuqur qaygʻuga soldi. Yaqinlarini yoʻqotgan oilalar dardiga sherikman. Jarohat olgan barcha fuqarolarimizning tezroq sogʻayib ketishini tilayman. Ar-Riyoddagi elchixonamiz va Jiddadagi bosh konsulxonamiz jabrlanganlarga har tomonlama yordam koʻrsatmoqda. Rasmiylarimiz Saudiya Arabistoni hukumat idoralari bilan doimiy aloqada”, deya bayonot berdi bosh vazir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring