Saudiya Arabistoni BRICSga rasman qoʻshildi

19:33 02 Yanvar 2024 Dunyo
1035 0

Foto: Reuters

Saudiya Arabistoni BRICS*ga rasman qoʻshildi. Bu haqda mamlakatning “Al Ekhbariya” telekanali xabar berdi.

“Qirollikning Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlarni oʻz ichiga olgan BRIKS ittifoqiga toʻlaqonli aʼzoligi rasman boshlandi, bu esa uning dunyodagi mavqeini mustahkamlaydi”, - deyiladi telekanal xabarida.

2023-yil 22-24-avgust kunlari Yoxannesburgda boʻlib oʻtgan BRICS sammitida Argentina, Eron, Efiopiya, Misr, Saudiya Arabistoni va BAA 2024-yilning 1-yanvaridan boshlab ushbu ittifoqqa qoʻshilishi haqida qaror qabul qilingan edi.

*BRICS (BRICS — Brazil, Russia, India, China, South Africa soʻzlarining qisqartmasi) — oʻnta davlatdan iborat ittifoq. Bugungi kunda unga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, BAA, Saudiya Arabistoni, Eron, Misr va Efiopiya davlatlari aʼzo. Tashkilot 2006-yil iyun oyida Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi doirasida Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy iqtisodiyot vazirlari ishtirokida tashkil etilgan.

G7 va BRICS yalpi ichki mahsulotining jahon iqtisodiyotidagi ulushi asosan, BRICS mamlakatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar aralashmaslik, tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosida qurilgan.

2009-yildan beri BRICSga aʼzo davlatlar hukumatlari har yili rasmiy sammitlarda (soʻnggi 15-sammit 2023-yilning 22-24-avgust kunlari Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan) yigʻilishadi. Sammitlardan tashqari tashqi ishlar vazirlari, moliya vazirlari va boshqalar darajasida ham uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya aholi soni, maydoni va YAIM boʻyicha dunyoning eng yirik oʻntaligiga kiradi. BRICSga aʼzo mamlakatlarning umumiy maydoni 45,726,508 km², umumiy aholisi esa taxminan 3,41 milliard kishini tashkil etadi. Bu yer yuzining taxminan 26,7 va dunyo aholisining 41,6 foizini tashkil qiladi. BRICS aʼzolari bir necha bor eng tez rivojlanayotgan yirik davlatlar sifatida tavsiflangan. 2023-yil avgust oyi holatiga koʻra, 40 ta davlat BRICSga qoʻshilish istagini bildirgan, ulardan 20 ga yaqini kirishni rasman soʻragan. 2023-yil avgustida boʻlib oʻtgan sammitda Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Argentina, Efiopiya va BAA 2024-yil 1-yanvardan boshlab BRICSga toʻlaqonli aʼzo sifatida qoʻshilish taklif qilingani eʼlon qilindi.

Ammo Xavyer Miley Argentinada hokimiyat tepasiga kelganidan soʻng, u mamlakati BRICSga qoʻshilishidan bosh tortdi.

2024-yilning 1-yanvarida taklif qilingan beshta davlat — BAA, Saudiya Arabistoni, Eron, Misr va Efiopiya BRICSning rasman aʼzosi boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер