“Sarnovul” obod va koʻrkam mahallaga aylandi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Baliqchi tumanidagi “Sarnovul” mahallasida uzoq yillar davomida yechimini kutib turgan muammolar hal etildi. Yoʻl, suv, tabiiy gaz, transport, tibbiyot borasidagi sezilarli oʻzgarishlardan aholi minnatdor.
— Tomorqadan foydalanish — katta daromad manbai, — deydi tuman hokimligi xodimi Muzaffarjon Karimov. — Mahalladagi 300 ta xonadonda imtiyozli kredit asosida issiqxonalar barpo etildi. Ularga 6 ming tup limon koʻchatlari oʻtqazildi. Hududda limonchilik boʻyicha yetarli tajriba toʻplangan. Ushbu yoʻnalish orqali aholini qoʻshimcha daromadga yoʻnaltirildi. Shu kunlarda foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaning oʻziga 200 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirildi. 5 gektar maydonda qurilayotgan issiqxonada oʻnlab yoshlar faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.

— Bugun mahallamizda pastqam devorlar, tuproq koʻchalar-u ajriq bosgan ariqlar qolmadi,— deydi mehnat faxriysi Abdullajon Otanazarov. – Ikki kilometr uzunlikdagi ariqqa beton quyildi. Mahallamizning oxirgi xonadonlariga ham suv yetib bordi. Yoʻlning ikki chetiga oʻrnatilgan soʻritoklarni aytmaysizmi! Bu xayrli ishlardan soʻng har bir xoʻjalik bir yilda oʻrtacha 25 mln. soʻmdan 100 mln. soʻmgacha qoʻshimcha daromad olish imkoniyati yaratildi.
Manzildagi oʻzgarishlar mahalladoshlarning kayfiyatiga-yu turmush sharoitiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bu koʻngillarda hayotdan minnatdor boʻlib yashash tuygʻusini uygʻotadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring