Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot yetishtirish koʻpaytiriladi

«Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ-4863-son, 15.10.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasiga (Uyushma) har yili 1-iyunga qadar avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligiga takliflar kiritish huquqi berildi.
Avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari Uyushma taklifiga muvofiq paxta va gʻalla maydonlaridan qisqartirilgan, foydalanishga kiritiladigan, zaxiradagi yerlar, shuningdek, takroriy ekin sifatida gʻalladan boʻshaydigan va boshqa yer maydonlariga joylashtiriladi.
Qaror bilan 2021-2022-yillar hosili uchun avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini turlari boʻyicha yetishtirish hajmlari tasdiqlandi.
Shunga koʻra, belgilangan yillarda respublika boʻyicha quyidagi hajmda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlari yetishtirish nazarda tutilgan:
— fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalarida:
▪️ 2021-yilda 1 728 553 tonna;
▪️ 2022-yilda 1 846 924 tonna.
— dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa maydonlarida:
▪️ 2021-yilda jami 2 286 732 tonna;
▪️ 2022-yilda 2 413 855 tonna.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring