“Sardoba sabogʻi” nomli hujjatli film suratga olindi
Kinematografiyasi agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan “Sardoba sabogʻi” hujjatli film suratga olingan.
Mazkur film 2020-yilning 1-may kuni Sirdaryo viloyati hududidagi Sardoba suv omborida yuzaga kelgan texnogen ofat haqida.
Filmda evakuatsiya qilingan aholi vakillari, ular joylashgan hududlar, aholini evakuatsiya qilish jarayonida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar, qutqaruvchilar hamda talofatda jabr koʻrganlarga yordam bergan yurtdoshlarimiz haqida hikoya qilinadi.
Film rejissyori va ssenariy muallifi Abdusamad Salomov, operator Samijon Sunnatillayev, muharrir Shoyim Boʻtayev, film direktori Zuhra Poʻlatova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring