Sangardakda yangi turistik markazi qurilishi boshlandi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Yangi yil arafasida Sariosiyo tumanidagi Sangardak qishlogʻi hududida “Sangardak” turistik markazi qurilishiga start berildi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16-dekabrda imzolangan “Surxondaryo viloyatining togʻli-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat koʻrsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida Sariosiyo tumanidagi “Sangardak” turizm qishlogʻi, Boysun tumanidagi “Omonxona” hamda Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Oqtepa” suv omborining qirgʻoq boʻyida turistik maskanlar qurish yuzasidan tegishli vazifalar belgilangan edi.
Kuni kecha viloyat hokimi Sangardak qishlogʻida “Sangardak” turistik markazi qurilishiga tamal toshini qoʻydi. Shuningdek, voha faollari ishtirokidagi ushbu anjuman doirasida “Zoom” platformasi orqali Boysun va Jarqoʻrgʻon tumanlarida bunyod etiladigan zamonaviy turistik markazlar qurilishiga ham start berildi. Maftunkor “Sangardak” turizm qishlogʻi hududidagi 615 gektar maydonda zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualari, savdo obyektlari va boshqa yoʻnalishdagi turistik markaz barpo etiladi. Oʻzining shifobaxsh buloq suvi bilan dunyoga mashhur “Omonxona” qishlogʻi hududidagi 220,5 gektar, “Oqtepa” suv omborining xushmanzara qirgʻoq boʻyi hududidagi 110 gektar maydonda mahalliy va xorijlik sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turistik markazlar quriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring