“Sanʼatkorlarga qahramonlik bersak boʻlarmikin, oʻylab koʻrish kerak” deganlar ham boʻldi – Prezident
Koʻksaroy qarorgohida bir guruh yurtdoshlarimizga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirish marosimi davom etmoqda. Prezident Oʻzbekiston Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan sanʼatkor Munojaat Yoʻlchiyeva faoliyati haqida gapirdi.
– Noyob ovozi, betakror ijro mahorati, oʻzbek ayoliga xos goʻzal fazilatlari bilan dunyoni maftun etib kelayotgan sevimli sanʼatkorimiz Munojotxonda oʻzbek ayoli timsoli mujassam. Har birimiz unda oʻz onamiz, opamizni koʻramiz. «Sanʼatkorlarga qahramonlik bersak boʻlarmikin, oʻylab koʻrish kerak» deganlar ham boʻldi.
Koʻpchilik eʼtiroflarni eshitib, guvoh boʻlayapmizki, biz toʻgʻri qaror qildik. Munojot Yoʻlchiyevaga ham yuksak mukofot muborak boʻlsin,– dedi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring