SamDUda Oʻzbekiston – Italiya universitetlari rektorlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Foto: Shavkat AKRAMOV.
Samarqand davlat universitetida Oʻzbekiston – Italiya universitetlari rektorlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov, Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alisher Shukurov, Oʻzbekistonning Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev va boshqa oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Italiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Piyergabriyele Papadia de Bottini, Perujia xorijliklar universiteti rektori Valerio De Chezaris, Tushia universiteti rektori Stefano Ubertini, Roma Tre universiteti rektori Massimiliano Foruchchi, Piza universitetining prorektori Filippo Jorji hamda Trento universiteti prorektori Marko Ragassi oʻz maʼruzalari bilan qatnashdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov oʻz nutqida Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi taʼlim sohasidagi aloqalarning yangi bosqichga koʻtarilayotgani, ayniqsa, universitetlar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorliklarning ahamiyatiga alohida urgʻu berdi.
Tadbir doirasida 10 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi. Jumladan, Samarqand davlat universiteti bilan Italiyaning Trento universiteti hamda Venetsiyadagi nufuzli Ka Fossari universiteti oʻrtasida hamkorlik boʻyicha memorandumlar imzolandi.
Mazkur uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi taʼlim aloqalarini yanada mustahkamlash, talabalar almashinuvi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni yoʻlga qoʻyishda muhim qadam boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring