Sambo: Toshkentda Osiyo chempionatiga start berildi

10:58 04 Iyun 2021 Sport
650 0

Bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida sambo boʻyicha kattalar, yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionatiga start berildi.

Musobaqada Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Eron va Iroq mamlakatlaridan sambochilar ishtirok etishadi. Bahslarda 345 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi.

Bugun kun davomida quyidagi vazn toifalarida medallar uchun bahslar tashkil etiladi:

Kattalar:

Erkaklar: -58 kg, -79 kg, +98 kg.

Ayollar: -50 kg, -65 kg.

Yoshlar:

Yigitlar: -64 kg, -88 kg.

Qizlar: -54 kg, -72 kg.

Oʻsmirlar:

Oʻgʻil bolalar: -53 kg, -71 kg, +98

Qizlar: -47 kg, -59 kg, -80 kg.

Bahslar bugun soat 10:00dan boshlandi. Soat 17:00dan keyin esa birinchi kungi dasturdan oʻrin olgan final bahslari va taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi ertaga tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?