Prezident kimyo sanoatini rivojlantirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni kimyo sanoatida ishlab chiqarish va eksportni oshirish hamda tannarxni pasaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va raqamlashtirish boʻyicha aniq strategiya qabul qilingan. 2030-yilgacha tarmoq hajmini kamida ikki barobarga oshirish, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishni 1,5 barobarga koʻpaytirish va eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda tarmoqda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 21 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda, kelgusi uch yil uchun yana 4,5 milliard dollarlik tashabbuslar shakllantirilgan.
Taqdimotda kimyo sanoatidagi yirik korxonalarda baʼzi ishlab chiqarish quvvatlarining eskirgani oqibatida energiya xarajatlarining yuqoriligi va raqobatbardoshlik pastligi koʻrsatib oʻtildi. Masalan, azotli oʻgʻitlar tannarxining 55 foizgacha qismi energiya xarajatlariga toʻgʻri kelmoqda.
Sohada energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va raqamlashtirish orqali xarajatlarni keskin qisqartirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Dunyoda kimyo mahsulotlarining bozori tez surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. Qoʻshni mamlakatlarda 1 milliard dollarlik mahsulotlarga talab va logistika uchun qulay sharoitlar boʻlsa-da, mazkur salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayotgani qayd etildi.
Taqdimotda mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash hisobiga yangi mahsulot turlarini oʻzlashtirish va eksportni kamida ikki barobarga oshirish mumkinligi taʼkidlandi.
Joriy yilda Toshkent, Navoiy va Jizzax viloyatlarida “yashil” mineral oʻgʻitlar, sian tuzlari, kaliy ksantogenat, kaliy sulfati kabi yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar chiqaradigan loyihalar ishga tushdi. Ushbu yangi mahsulotlar eksportini oshirishni hozirdan hisob-kitob qilish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Kelgusi yilda 4,5 million tonna paxta yetishtirish maqsad qilingan.
Buning uchun fosforli oʻgʻitlarning yetarli zaxirasini tayyorlash, oʻgʻit ishlab chiqaruvchilarga yetarli miqdorda sulfat kislotasini yetkazib berish vazifasi qoʻyildi. Fermerlarni oʻgʻit bilan taʼminlash uchun imtiyozli kreditlar ajratish ishlarini tezroq boshlash zarurligi taʼkidlandi.
Prezidentimiz kimyo sanoati mamlakat iqtisodiyotidagi strategik tarmoq ekanini taʼkidlab, ichki bozorni barqaror taʼminlash, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring