Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Bugun Toshkent mezbonlik qilayotgan sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqa yurtimizda yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy telegram sahifasida ma’lum qilindi.
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o‘z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi. Shuningdek, O‘zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
Marosimdan so‘ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellashuvlar qizg‘in tarzda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring