Samarqandga “Islom madaniyati poytaxti” maqomi ramziy bayrogʻi topshirildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. 2025-yilda “Islom dunyosi madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilingan Samarqand shahridagi Buyuk ipak yoʻli xalqaro turizm markazida “Islom dunyosining maʼnaviy merosi va madaniy ifodalari: xattotlik, musiqa, sheʼriyat va hamjihatlik” xalqaro forumi boʻlib oʻtmoqda. Unda ICESCO tashkilotiga aʼzo dunyoning 20 dan ortiq davlatlaridan vakillar, xalqaro tashkilot va muassasalar masʼullari, yuqori darajadagi rasmiylar ishtirok etmoqda.


Forumning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, ICESCO bosh direktori Salim bin Muhammad Al-Malik soʻzga chiqdi.
— Bugungi globallashuv jarayonida yuzaga kelgan “anti-madaniyat epidemiyasi” avj olgan bir vaqtda, ICESCO — insoniyatni “qoʻshtirnoq ichida” emlash, uni halokatdan qutqarib qolish uchun yaratilgan global platformadir, — dedi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov. — Mazkur xalqaro forum dunyo madaniyati vakillarini bir gʻoya va maqsad sari birlashtirdi. Hamjihatlik va ijodiy aloqalarni mustahkamladi.


Forumda Samarqand “Islom dunyosi madaniy poytaxti” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan ramziy bayroq va statuyetka tantanali ravishda topshirildi. Kunning ikkinchi yarmida “Boqiy shahar” majmuasida “Samarqand shahri — 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti” tadbirlarining tantanali ochilish marosimi va konsert dasturi boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring