Samarqanddan Xitoyga tovuq panjalari eksporti yoʻlga qoʻyildi
Arxiv surat
Abdulaziz Yoʻldoshev/«Xalq soʻzi». Samarqand tumanida joylashgan «Navobod Naslli Parranda» fermer xoʻjaligi tomonidan shu paytga qadar Afgʻoniston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Birlashgan Arab Amirligi davlatlariga tuxum eksport qilib kelinayotgan edi.
Joriy yilning fevral oyidan boshlab Xitoyga parranda panjalari eksporti ham yoʻlga qoʻyildi.
— Xitoy tomoni vakillari bir yarim yil davomida korxonamizdagi ish jarayonlari, parvarishlash, mahsulot yetishtirish sharoitlarini oʻrgandi, — deydi xoʻjalik rahbari Haydar Oʻroqov. — Va nihoyat, respublikadagi 62 ta talabgor korxona ichida aynan bizning «Navobod Naslli Parranda» fermer xoʻjaligi xitoyliklar bilan shartnoma tuzishga erishdi.
Bugungi kunda 1280 nafar xodim ishlaydigan ushbu fermer xoʻjaligida jami 550 ming parranda boʻlib, shundan 417 ming goʻsht yoʻnalishida, 133 ming bosh naslli tuxum yoʻnalishidagi parrandalar parvarish qilinadi. Ulardan 2 ming 500 tonna goʻsht ishlab chiqarilib, 133 ming bosh naslli tovuqlardan 34 million dona naslli tuxum olinadi. Xoʻjalikdagi 200 ming dona quvvatga ega 10 ta inkubatsion sexlarda goʻsht yoʻnalishidagi joʻjalar ochiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring