Samarqandda jamoat transporti uchun toʻlov narxlari oshirildi

12:42 16 Aprel 2025 Jamiyat
168 0

15-apreldan boshlab Samarqand shahrida jamoat transporti narxlari oʻzgartirildi. Bu haqda Samarqand viloyat transport boshqarmasi maʼlum qildi.

Elektron toʻlov tizimini ommalashtirish va jamoat transporti moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida toʻlovlar naqd pulda amalga oshirilganda 3 ming soʻm plastik va yagona transport kartalari (ATTO) orqali amalga oshirilganda 2 ming soʻm etib belgilandi.

Bundan tashqari, pensionerlar, nogironlar, talaba va oʻquvchilar hamda jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun alohida tariflar joriy etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер