Samarqandda YUNESKOning 14-Yoshlar forumi oʻtkazilmoqda
Samarqandda YUNESKO, Oʻzbekiston madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida YUNESKOning 14-Yoshlar forumi oʻtkazilmoqda.

Anʼanaviy forumda jahonning 100 dan ortiq mamlakatidan yosh yetakchilar, mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida global yoshlar siyosati, madaniy merosni asrash, barqaror rivojlanish va ijodiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.

Kecha ishtirokchilar uchun qadimiy Registon maydonida madaniy sayohat uyushtirildi. Bu sayohat nafaqat tarix bilan tanishuv, balki dunyoning turli davlatlaridan kelgan yoshlar oʻrtasida doʻstlik, ochiq muloqot va hamjihatlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
Forumning madaniy dasturlari doirasida “Silk Road Samarkand” turizm markazida “Bagʻrikenglik kemasi” nomli konsert tashkil etildi. Unda turli mamlakatlardan kelgan yosh sanʼat ustalari milliy, mumtoz va klassik musiqa asarlarini ijro etishdi.

YUNESKOning 14-Yoshlar forumi “Iqlim harakati va uning ijtimoiy taʼsiri” mavzusiga bagʻishlanib, global oʻzgarishlar jarayonida yoshlarning faol mavqeyini kuchaytirishni maqsad qilgan. Mazkur forum doirasida mahorat darslari, taqdimotlar va muloqot sessiyalari ham tashkil etiladi.

Samarqandda oʻtkazilayotgan anjuman yoshlar oʻrtasida madaniy muloqot va gʻoyalar almashinuvi uchun muhim platforma boʻlib xizmat qiladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring