Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi

17:15 13 Aprel 2025 Jamiyat
270 0

Videodan kadr: “Xalq soʻzi”

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida “Isuzu” rusumlik yuk mashinasi yonib ketdi. Viloyat FVB holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:15 da Oqdaryo tumani “Kumushkent” MFYdan oʻtuvchi M-39 “Samarqand-Qarshi” avtomagistral yoʻlining 19-kilometrida sodir boʻlgan.

Viloyat FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, voqea joyiga 2 ta Yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 14:22 da yetib borib, 8 daqiqa ichida yongʻinni bartaraf qilgan.

Aniqlanishicha, “Isuzu FV-10000” rusumli yuk mashinasi Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi fuqaroga tegishli boʻlgan. Hodisa oqibatida haydovchi yoki boshqa bir fuqaro tan jarohati olmagan.

Hozirda yongʻin kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shu oʻrinda viloyat FVB barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga eʼtiborli boʻlishlarini soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер