Samarqandda yugurish marafoni boʻlib oʻtdi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan “Korrupsiyadan holi Yangi Oʻzbekiston uchun birlashaylik” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtdi. Marafonda viloyat va shahar hokimliklari masʼullari, viloyatdagi boshqarma, korxona va tashkilotlar vakillari, taʼlim muassasalari oʻqituvchi va talabalari, yoshlar, harbiylar, ichki ishlar va bojxona xodimlari ishtirok etdi.

Musobaqa doirasida eng faol erkak va ayol ishtirokchi, eng yosh va eng keksa ishtirokchi, gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqi uchun va boshqa turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. Marafon bir vaqtning oʻzida viloyatning 16 ta tuman va shahrida oʻtkazildi. Unda viloyatning barcha hududlaridan 27 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring