Samarqandda yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi
Abdulaziz Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 28-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yangi binoda boshladi.
Shaharning “Oqsaroy” mahalla fuqarolar yigʻini hududida Investitsiya dasturi asosida barpo etilgan mazkur muassasa 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 120 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega.

Yangi binoda tashkil etilgan maktabgacha taʼlim muassasasining ochilish marosimida keng jamoatchilik, shahar va mahalla faollari, shuningdek, hamkor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, bolalar tarbiyasida eng muhim bosqich — bu maktabgacha taʼlimdir. U bolaning kelgusidagi rivojlanishi, bilimga boʻlgan intilishi va shaxs sifatida shakllanishida asosiy poydevor boʻlib xizmat qiladi. Shu bois, mazkur sohadagi islohotlar va yaratilgan sharoitlar mamlakatning ertangi taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratadi.

Aytish joizki, Prezidentimizning “2024–2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, hozirga qadar Samarqand shahrida Investitsiya dasturi asosida qayta taʼmirlangan (rekonstruksiya qilingan) maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 3 taga yetdi. Ushbu loyihalar uchun davlat byudjetidan jami 9 milliard 762 million soʻm mablagʻ ajratilgan.
Bugungi kunda Samarqand shahrida 357 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Shahardagi 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 40 387 nafar boladan 30 093 nafari yoki 74,5 foizi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring