Samarqandda yana bir yangi yuqori texnologiyali operatsiya amaliyotga tatbiq qilindi

12:57 02 May 2023 Jamiyat
547 0

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filialida ilk bor laporaskopik usulda oʻng tomonlama adrenalektomiya jarrohlik amaliyoti bajarildi.

— Isenko-Kushing sindromi kam uchraydigan, ogʻir endokrin kasallik boʻlib, bemorlarda yurak-qon tomir, tayanch-harakat tizimlarida jiddiy asoratlarga sabab boʻladi, — deydi filial bosh shifokori Gulzoda Negmatova. — Tashxislash va davolashda murakkabliklar sabab bemorlar koʻpincha mutaxassisga murojaat qilguncha asoratlar rivojlanib, hayot sifati pasayishi kuzatilardi.

Samarqandda yoʻlga qoʻyilgan ushbu yuqori texnologik amaliyot endokrin kasalliklar bilan bemorlarning uzogʻini yaqin qilish, nogironlik va erta oʻlimning oldini olish uchun qoʻyilgan muhim qadamdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?