Samarqandda “Taʼlim va kasb” xalqaro koʻrgazmasi oʻtkazildi
Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Taʼlim va kasb” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlarning kasb tanlovi, taʼlimdagi yoʻnalishini aniqlash, oʻz isteʼdod va qiziqishiga mos sohani topishiga koʻmaklashishdan iboratdir.
Tadbirda viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda qator davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Koʻrgazmada Oʻzbekistonning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan bir qatorda 15 dan ortiq xorijiy davlatlar universitetlari oʻz taʼlim dasturlari, grant loyihalari, xalqaro almashinuv imkoniyatlarini taqdim qildi.

Tadbir davomida oʻquvchilar va abituriyentlar uchun maxsus maslahat burchaklari tashkil etilib, ularga oʻqish, til oʻrganish, xorijda taʼlim olish hamda zamonaviy kasblar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Koʻrgazma oʻquvchilar, abituriyentlar va yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylandi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring