Samarqandda plastik chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurilishi mumkin

Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Chexiyaning “Praktik system” kompaniyasi rahbari Petr Linhart bilan uchrashdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tomonlar elektron va plastik chiqindilarni qayta ishlash loyihasini muhokama qildilar. Petr Linhart rahbarlik qiladigan kompaniya dunyoning yigirma toʻrtta davlatida plastik chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalarga ega.
Ushbu korxonalarda muzlatkichlar, sovitish va muzlatish moslamalari, kir va idishlarni yuvish mashinalari va mikrotoʻlqinli pechlar, changyutgichlar, elektron choynaklar va boshqa shu turdagi maishiy elektron jihozlarni ekologik jihatdan qayta ishlash va utilizatsiya qilish bilan shugʻullaniladi.
Kompaniya vakillari Samarqandda ham shunday zavod qurishga investitsiya kiritish niyatida ekanliklarini bildirishdi. Viloyat rahbari ushbu sohada qoʻllab-quvvatlash va amaliy yordam koʻrsatishga tayyor ekanini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring