Samarqandda “maxfiy” oltin konlar xaritalarini sotmoqchi boʻlgan kompaniya direktori qoʻlga olindi
Foto: Videodan kadr
Samarqandda xususiy geologiya-qidiruv kompaniyasi direktori noqonuniy ravishda pul olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, ushlangan shaxs oʻzini oldin Geologiya va togʻ-kon sanoati vazirligida ishlaganini aytgan va Samarqand hamda Jizzax viloyatlarida olib borilgan geologiya ishlari davomida tuzilgan, goʻyoki maxfiy hisoblangan geologik xaritalar hamda oltin konlarining suratlariga egaligini bildirgan. Ushbu maʼlumotlarni 25 ming dollarga sotishini taklif qilgan.
DXX xodimlari uni 10 ming dollar olgan paytda ushladi. Ekspert xulosasiga koʻra, uning qoʻlidagi maʼlumotlar maxfiy hisoblanmaydi.
Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring