Samarqandda xot-dogdan zaharlanganlarning yetti nafari shifoxonada qolmoqda

17:01 24 Oktyabr 2018 Jamiyat
1790 0

Samarqand shahrida 26 nafar fuqaro xot-dogdan zaharlanish oqibatida kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandik.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi Allobergan Bayjanovning aytishicha, 23 oktyabr kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ovqat toksikoinfeksiyasi bilan ogʻriganligiga gumon qilingan 7 nafar bemor yotqizildi. Bemorlarga barcha kerakli muolajalar qilindi. Hozirda bemorlar ahvoli yaxshi.

Surushtiruvlar vaqtida 7 nafar bemorlarning barchasi bir joydan, yaʼni Sartepo massivi dehqon bozori oldida “Xot-dog” isteʼmol qilishgan. Oʻrganishlar natijasida oʻsha kuni mazkur joydan jami 21 nafar fuqarolar xot-dog isteʼmol qilganligi aniqlanib, barchasiga tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

“Turon 24” axborot agentligi Samarqand shahar davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Pirmuhammad Mahmudovga asoslanib, xabar berishicha hozir fuqaro Gʻulom Murodovga tegishli, Sartepa massivi 148-uyda faoliyatini boshlaganiga 3 kun boʻlgan savdo obyekti yopib qoʻyilgan. Unda tayyorlangan xot-dogdan namunalar olingan va laboratoriyada oʻrganilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan shahar DSENM tomonidan fuqaroga nisbatan maʼmuriy chora koʻrilgan, bayonnoma tuzilgan va Samarqand shahar prokuraturasiga xabar berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?